14-oktabr, chorshanba09:01Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Karantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa uzib qo‘yilmaydi

23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun o‘chirib qo‘yilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqarish belgilangan.

1 daqiqa o'qish585 marta o'qildi

Fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda 23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida keltirilgan.

Barcha tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqariladi, qolgan qismining mehnat faoliyati maksimal darajada masofadan turib tashkil etiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi