14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Toshkent viloyatida nooziq-ovqat bozorlari va ovqatlanish shoxobchalari yopiladi

Ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.

1 daqiqa o'qish178 marta o'qildi

Bugun Nurafshon shahrida Rustam Xolmatov rahbarligidagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

24 martdan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.

22 martdan Toshkent shahridagi barcha jamoat transportlari to‘xtatiladi

Karantin talablariga rioya etmay, xo‘randalarni qabul qilishda davom etayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga nisbatan choralar kuchaytiriladi.

Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamg‘arilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi