14-oktabr, chorshanba14:07Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistonda suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi

Dastur suv sathining maksimal me’yordan oshmasligini ta’minlaydi va sum omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.

1 daqiqa o'qish224 marta o'qildi

Intellektual mulk agentligida suv omborlari uchun dasturiy ta’minot ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Inshootning mustahkamligiga tahdid soluvchi avariyaviy vaziyatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi.

Dastur suv sathining maksimal me’yordan oshmasligini ta’minlaydi va sum omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.

Dastur mualliflari – Furqat G‘affarov, Azamat Ismoilov, Adham Boymurodov va Anvar Hurramovlarga O‘zbekistonning “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, DGU 07858-sonli guvohnoma berildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi