14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Respublika hududlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turini yetishtirish uchun Jizzax viloyati tanlandi

Suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

1 daqiqa o'qish116 marta o'qildi

“Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, respublika hududlari bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlarda yer ajratiladi

Mazkur ishlarini samarali tashkil etish maqsadida eksperiment tariqasida 2020-2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar belgilangan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi