IT
107 ta material
TexnologiyalarO‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha yuqoriga ko‘tarildi
2020 yil fevral oyi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston internet tezligi 2 pozitsiyaga ko‘tarilgan. So‘nggi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravarga o‘sdi.
JamiyatElektron kitoblardan foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar jamlanmasi
talabalar va o‘quvchilar uchun foydali bo‘ladigan kitobga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin. bu yerda bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan kitoblar, iqtisod va tahlilga oid jurnal va badiiy adabiyotlar joylashtirilgan kanallarni topishingiz mumkin.
Siyosat"Raqamli iqtisodiyot" bo‘yicha yana bir muhim hujjat imzolandi
Hujjatga ko‘ra, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturining asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’yektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.
MulohazaRaqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi?
Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etdi.
Siyosat"Raqamli Toshkent" tizimi ikki yil davomida sinovdan o‘tkaziladi
Keyingi yillarda dunyoda “raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda. Shu tajribadan kelib chiqib, “Raqamli Toshkent” tizimini joriy etish, uni ikki yil davomida sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot va biznes"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga oid qismi 15 ta bo‘lim, va 96 bandni o‘z ichiga oladi.
Siyosat2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.
Siyosat“Elektron parlament” tizimi joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi.
Siyosat“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi tasdiqlandi
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi. Bu yilgi davlat dasturi 299ta banddan iborat bo‘lib, unda umumiy qiymati 18,2 trln. so‘m va 10,3 mlrd. AQSh dollariga teng loyihalar tasdiqlanmoqda.
JamiyatTug‘ilganlik haqida elektron guvohnoma va homilador ayollarni elektron hisobga olish: bir qator davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko‘rsatishga o‘tish (Infografika)
Farzand tug‘ilganidan so‘ng, Aholi reyestrida, uning hayoti davomida o‘zgarmaydigan shaxsiy identifikatsiya raqami generatsiya qilinadi va bolaga biriktiriladi.
Iqtisodiyot va biznesSingapur kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindidan o‘g‘it ishlab chiqarmoqchi
Singapur kompaniyasi qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlab, ulardan o‘g‘it, qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarni yaratadi.
TexnologiyalarGoogle, Facebook va Yandex o‘z serverlarini O‘zbekistonda joylashtirishi mumkin
Bu internet foydalanuvchilari tomonidan audio, video, dasturiy ta’minot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.
Iqtisodiyot va biznesIqtisodiyot tarmoqlarida cun’iy intellektni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligida “Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda sun’iy intellekt o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida xalqaro miqyosda CIga qiziqish ortib borayotgani aytib o‘tildi va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha yetakchilik qilayotgan mamlakatlardagi sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi haqida ma’lumotlar berildi.
TrendlarAbdulla Aripov yaqin va uzoq muddatga mo‘ljallangan harakatlar dasturi loyihasini taqdim etdi
Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq muddatga mo‘ljallangan harakatlar dasturi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ma’lum qildi.
Siyosat1 avgustgagacha litsenziya berish elektron tizimga o‘tadi
Shavkat Mirziyoyev Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasini qo‘ydi.
JamiyatToshkentda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
Mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyatning vakillik organlari rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini manzilli hal etish jarayonida parlament samaradorligini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy qilishga doir takliflar ishlab chiqiladi.
JamiyatKonsullik ro‘yxatidan elektron tarzda o‘tish imkoni yaratildi
Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun interaktiv konsullik xizmatlari orqali konsullik ro‘yxatidan o‘tish imkoni yaratildi.
JamiyatBojxona yuk deklaratsiyasiga o‘zgartirish kiritish tartibi soddalashdi
Bojxona yuk deklaratsiyasiga (BYuD) o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish nisbatan soddaroq to‘ldiriladigan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatishning alohida elektron shakli orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va biznesIqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda trening o‘tkazdi
Vazirlik va idoralar mutaxassislarining qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha malakasi oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda “Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.
Jamiyat2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" davlat dasturi 11 fevral kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
