14-oktabr, chorshanba10:46Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

14 noyabrdan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etildi

«Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilingan. Ushbu qonun kuchga kirishi munosabati bilan bugungi kunda bir qator xususiy bandlik agentliklari ham litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha murojaat qilmoqda.

1 daqiqa o'qish63 marta o'qildi

AOKAdagi matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Muhammadzokir Mamatxonovning ma’lum qilishicha, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilingan. Natijada joriy yilning 14 noyabridan xususiy bandlik agentliklari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etildi:

  • endilikda O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslardan xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun haq olish taqiqlandi. Bu xizmatlar uchun haq xorijiy ish beruvchi tomonidan to‘lab beriladi;

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xususiy bandlik agentliklari tomonidan aldangan fuqarolar sonini ma’lum qildi

  • har bir xizmat ko‘rsatish shartnomasini xususiy bandlik agentliklari «labormigration.uz» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi;
  • fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmasligi belgilab qo‘yildi.

Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan bugungi kunda bir qator xususiy bandlik agentliklari ham litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha murojaat qilmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi