14-oktabr, chorshanba08:04Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

«O‘ztransgaz» aholiga murojaat yo‘lladi

Iste’molchilar tomonidan tabiiy gazning ortiqcha iste’mol qilinishi bilan bog‘liq ayrim holatlar qo‘shni xonadon, yaqin atrofdagi mahallalar va umuman tumanlarning tabiiy gaz bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda.

1 daqiqa o'qish133 marta o'qildi

«Hududgazta’minot» taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, smart dasturlar orqali ba’zi abonentlarning bir oyda 7 ming kub metrgacha gaz iste’mol qilishi aniqlangan. Vaholanki, ushbu uylarni gazlashtirish texnik loyihalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1000 metr kubdan oshmasligi kerak. Bu haqda AOKAda tashkil qilingan «O‘ztransgaz» AJ axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova ishtirokida o‘tgan brifingda ma’lum qilingan.

Iste’molchilar tomonidan tabiiy gazning ortiqcha iste’mol qilinishi bilan bog‘liq shu kabi ayrim holatlar qo‘shni xonadon, yaqin atrofdagi mahallalar va umuman tumanlarning tabiiy gaz bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Shuningdek, qator tumanlarda yakka tartibdagi uy xo‘jaliklari tomonidan parrandachilik xonalari, issiqxonalarni isitish, yashirin ohak pechlarini yoqish yoki o‘sha manzillardagi xonadonning gazlashtirish loyihasiga kiritilmagan qo‘shimcha gaz uskunalaridan foydalanilishi oqibatida tabiiy gazni me’yordan ortiq sarflash holatlari aniqlangan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi