14-oktabr, chorshanba08:08Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

May oyidan boshlab “Yagona reyestr” orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lanadi

Hukumat qarori bilan “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.

1 daqiqa o'qish953 marta o'qildi

Hukumatning tegishli qaroriga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini (“Yagona reyestr” AT) joriy etish va ushbu tizim orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar berish va tayinlashni tajriba tariqasida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab Sirdaryo viloyatida amalga oshirish belgilangan edi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida kam ta’minlangan oilalarga 2019 yil 1 oktyabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalar 2020 yil 1 mayga qadar Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda, 2020 yil 1 maydan boshlab esa “Yagona reyestr” AT orqali to‘lanishi belgilandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi