14-oktabr, chorshanba09:01Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Jahon banki O‘zbekistonning krizisga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonning krizisga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun oldingi ajratilgan 700 mln dollar kredit liniyasiga qo‘shimcha ravishda 14 milliard dollar ajratishga tayyor.

1 daqiqa o'qish212 marta o'qildi

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari bilan kurashda yordam sifatida Jahon banki O‘zbekistonga 14 milliard dollar kredit ajratishga tayyor, deb xabar qilmoqda Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu haqida O‘zbekiston tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzakov va Jahon banki guruhining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller bilan 6 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videokonferensiya davomida kelishuvga erishildi, - deyilgan xabarda.

Bank rahbariyati hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash tizimini, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini va byudjet ko‘magini moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‘larni operativ ajratish masalasi ham faol ko‘rib chiqilayotganligini bildirdi.

Mazkur mablag‘lar joriy yilning mart oyida tasdiqlangan kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan 700 mln. dollar kredit liniyalariga qo‘shimcha bo‘ladi.

Shu qatorda, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga koronavirus global pandemiyasi ko‘rsatgan ta’sirini yumshatishda Jahon banki ko‘magining imkoniyatlari va mexanizmlari kelishib olindi. Siril Myuller O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida aholining ijtimoiy himoyasi darajasini oshirish va mamlakatda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ayni paytdagi va o‘zini oqlagan choralarini yuqori baholadi.

Videokonferensiya yakunlari bo‘yicha S.Myuller O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish masalasi ustuvor tartibda ko‘rib chiqilishiga ishontirdi. Shu bilan birga, tomonlar bunday videokonferensiya aloqalarni doimiy ravishda o‘tkazishga kelishdilar.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi