14-oktabr, chorshanba08:55Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistonda mart oyi uchun "Palov indeksi" ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi respublika bo‘yicha umumiy ovqatlanish muassasalaridagi palov narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra eng qimmat palov Samarqand viloyatida ekan.

1 daqiqa o'qish101 marta o'qildi

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng qimmat palov Samarqand viloyatida bo‘lib, uning bir kilogrammi 116 669 so‘mni tashkil qiladi.

Qo‘mita tomonidan tayyorlangan 2020 yilning mart oyi uchun viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ko‘ra, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida palovning bir kilogrammi 112 000 so‘m turadi.

Mart oyi uchun e’lon qilingan "Palov indeksi"ga ko‘ra, eng arzon palov Namangan viloyatida bo‘lib, uning bir kilogrammi 80 997 so‘m turadi. Surxondaryo viloyatida esa bir kilogramm palov narxi 82 600 so‘mni tashkil qilsa, Qoraqalpog‘istonda 85 169 so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalaridagi, osh markazlaridagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi