# Статистика

Respublika bo‘yicha eng qimmat palov Toshkent shahrida qayd etildi
Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatimiz bo‘yicha palov narxlarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda ushbu haftada qaysi mahsulotlar arzonlashdi va narxlari oshdi
O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda go‘sht, guruch, kartoshka, tuxum, loviya va mosh mahsulotlari o‘rtacha narxi pasaydi.

O‘zbekistonga yarim yil davomida qancha turist tashrif buyurgani va qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda mamlakatni tark etgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonga yarim yil davomida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 60,0 foizga kamaygan. O‘zbekistondan ketganlar soni esa o‘tgan yilga nisbatan 61,3 foizga kamaygan.

Yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100,6 trln so‘mga yetdi
2020 yilning ikkinchi diskret choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 50,3 trln. so‘mni tashkil etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlar bo‘yicha o‘rtacha narxlari
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 30 iyun holatiga Respublikada iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ko‘rib chiqildi.

Milliy statistika tizimini rivojlantirish – islohotlar samaradorligi garovi
Davlat va jamiyat boshqaruvida qarorlar qabul qilish jarayonlarini miqdoriy va sifatli ko‘rsatkichlar bilan ta’minlashda statistika tizimining ahamiyati va o‘rni beqiyos.

Jahon ma’lumot bazalarida O‘zbekistonning tarmoq indikatorlari to‘liq aks etmagan
Prezident 1 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda statistik kuzatuv ma’lumotlari 20 yil avval joriy etilgan dasturiy ta’minotdan foydalanilayotganini tanqid qildi. Davlat statistika qo‘mitasiga bir qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘ydi.

O‘zbekistonda qancha bolalar bor? Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi
Mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

O‘zbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7 foizni tashkil qildi
2020 yilning dastlabki to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga ko‘paydi?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra qanchaga ko‘paygani haqida ma’lumot berdi. Aholi ko‘payishi sonining eng ko‘p ko‘rsatkichi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda mart oyi uchun "Palov indeksi" ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi respublika bo‘yicha umumiy ovqatlanish muassasalaridagi palov narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra eng qimmat palov Samarqand viloyatida ekan.

O‘zbekiston aholisi 34 million kishidan oshdi
O‘zbekiston aholisi soni oshdi. 18 fevral kuni holatiga ko‘ra 34 mln kishidan oshgan.

Koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi
Xitoyda tarqalgan xavli virus natijasida o‘lganlar soni ming nafardan ortdi, kasallikdan tuzalganlar soni to‘rt ming nafarga yetdi.

O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari bo‘yicha birinchi o‘ntalikdan o‘rin oldi
“Open data Interception” ma’lumotiga ko‘ra, 100 ta mamlakat orasida O‘zbekiston 52 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ochiq ma’lumotlar manbalari soni mavjudligi reytingining birinchi o‘ntaligidan o‘rin oldi.