14-oktabr, chorshanba10:41Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga ko‘paydi?

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra qanchaga ko‘paygani haqida ma’lumot berdi. Aholi ko‘payishi sonining eng ko‘p ko‘rsatkichi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

1 daqiqa o'qish219 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 34 036,8 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 131,6 ming kishiga yoki 0,4 % ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 % ni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 % ni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 % ni va Andijon viloyatida 9,2 % ni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra Respublika doimiy aholisi sonining 30,8 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi