14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7 foizni tashkil qildi

2020 yilning dastlabki to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.

1 daqiqa o'qish135 marta o'qildi

O‘zbekistonda 2020 yil aprel oyida iste’mol narxlari va tariflarning oy dvomida o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 foizni tashkil etdi.

Ekspert Baxtishod Hamidovning inflyasiya haqida o‘ziga xos fikri

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2020 yilning yanvar—aprel oylarida davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,5 foizga ko‘tarilgan. Yillik davrda esa (2019 yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 foizni tashkil etgan.

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning o‘zgarishiga ko‘ra, narxlar vat ariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik o‘tgan oylardagi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘ldi. Aprel oyida narxlar 3,3 foizga ko‘tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foizga, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020 yilning dastlabki to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi