14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Lombardlar faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida Nizom loyihasi muhokamaga joylashtirildi

Nizom iste’molchilarga ma’lumot berish tartibi, muddati o‘tgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan o‘zaro munosabatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

1 daqiqa o'qish84 marta o'qildi

“Moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi

Moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bankning “Moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi Nizomi loyihasi ishlab chiqilib, www.regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.

Markaziy bank 2020 yil uchun inflyasiya prognozini ma’lum qildi

Mazkur hujjat moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi asosiy tamoyillar va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida mikrokredit tashkilotlari va lombardlar rioya qilishi zarur bo‘lgan talablarni kamrab oladi.

Nizom iste’molchilarga ma’lumot berish tartibi, muddati o‘tgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Hujjat loyihasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz hamda taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi