# kredit

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit ajratiladi
Ajratilgan kreditning asosiy qismi yangi asbob-uskunalarni xarid qilish va xomashyoga yo‘naltirilgan.

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadlariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘ ajratiladi.

OTB O‘zbekistonda avtomagistral yo‘llarni rekonstruksiya qilish uchun qarz mablag‘lari ajratadi
OTB tomonidan ajratilgan qarz mablag‘lar hisobiga O‘zbekistondagi G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu magistrali uchastkasi ikki polosali sement-beton yo‘lga aylantiriladi.

Gidroenergetika sohasini rivojlantirish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi bo‘yicha kelishuvi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida bir nechta GESlarning faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 yil muddatga 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi bo‘yicha zayom kelishuvi imzolandi.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga yana 200 mln dollar kredit ajratishi mumkin
OTB direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 15 yil muddatda qaytarish sharti bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishini ko‘rib chiqadi.

Buxoroda suv ta’minotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablag‘ ajratiladi
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz suv ta’minotini yaxshilash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish uchun beriladi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi O‘zbekistonga 46,2 mln dollar ajratdi
Mazkur mablag‘lar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshirilayotgan «Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish» loyihasining 2-chi bosqichi doirasida taqdim etilmoqda.

Buxorodagi issiqxona egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari to‘liq Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan qoplanadi.

Jasur Qarshiboyev: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun $1 mlrd. ko‘proq mablag‘ oldi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million dollar kredit oladi
Ushbu mablag‘ O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun sarflanadi.

Pandemiya davrida kredit qarzdorliklari 1 oktyabrgacha uzaytirildi
Koronavirus pandemiyasining oqibatida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit to‘lovlari muddati qarzdorning pul oqimi tahlilidan kelib chiqib, tomonlarning kelishuviga ko‘ra joriy yilning 1 oktyabriga qadar uzaytiriladi.

Osiyo Taraqqiyot Banki O‘zbekistonga 500 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi
OTB Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma’qulladi.

Jahon banki O‘zbekistonga 30 yil muddatga 95 mln dollar kredit ajratdi
Mablag‘ kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

«Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals»ni moliyalashtirish uchun 25,0 mln dollar kredit ajratilmoqda
Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki «Qo‘qon superfosfat zavodi» AJni zamonaviylashtirishda «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals»ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini moliyalashtirish uchun kredit ajratdi.

O‘zbekistonga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit ajratiladi
Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan, Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlari tahlil qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.

Navoiyda servisni rivojlantirishga 30 mlrd so‘m ajratilmoqda
Ushbu kredit liniyasi olti oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasi darajasida 3 yil muddatga beriladi.

Yangi qurilgan uylarga kredit berishda bank kadastr hujjatini talab qilsa, shu holat to‘g‘rimi?
Markaziy matbuot xizmati fuqarolardan tushgan shunday savollarga atroflicha javob berdi.

Markaziy bank qanchagacha mikroqarz berilishi va mikroqarz foyizi bo‘yicha ma’lumot berdi
Markaziy bank matbuot xizmati tomonidan mikroqarz olishning shartlari va qoidalarini tushuntirib berildi.

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit beriladi
Kredit mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Prezident 16 iyun kuni o‘tgan yig‘ilishda Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident topshirig‘i: Oilaviy tadbirkorlik qilish uchun kreditlar ajratish soddalashtiriladi
Joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Kredit olishda tadbirkorlarga o‘rnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi
Aholining iste’mol qobiliyatini oshirish maqsadida iste’mol kreditlarini berish kengaytiriladi.

O‘zbekistondagi 9 ta bank kredit berishni boshladi
Karantin sharoitida deyarli barcha banklarda chakana kreditlar ajratish vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Bugunga kelib 9 ta bank mikroqarz, avtokredit, iste’mol kreditlarini bera boshladi.