14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Buxorodagi issiqxona egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari to‘liq Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan qoplanadi.

1 daqiqa o'qish74 marta o'qildi

Buxoroda yuz bergan tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashga oid Hukumat farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Buxorodagi tabiiy ofatdan talofat ko‘rgan 116 nafar issiqxona egalariga viloyat hokimligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida, istisno tariqasida:

  • ularning faoliyatini qayta tiklash uchun 18 foizdan oshmagan stavkada, 2 yilgacha bo‘lgan muddatga jami 71,6 mlrd so‘m miqdorda tijorat banklari kreditlari ajratiladi;
  • ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari to‘liq Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan qoplanadi;
  • kreditlar ta’minotining 50 foizi Jamg‘arma kafilligi va qolgan qismi sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta polisi asosida amalga oshiriladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi