14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

11 ta bank kredit ta’tillarini 1 oktyabrgacha uzaytirdi

O‘zbekistonda 11 ta bank kredit ta’tillarini 1 oktyabrga qadar uzaytirgan bo‘lsa, qolgan banklar iyul-avgust oyidan boshlab kredit ta’tillari muddatini tugatgan. Quyida kredit ta’tillari muddatini uzaytirgan banklar ro‘yxati keltirilgan.

1 daqiqa o'qish505 marta o'qildi

Xabaringiz bor, mart oyida respublikada karantin rejimini joriy qilinishi ortidan Prezident farmoni hamda Markaziy bank ko‘rsatmalari asosida banklar o‘z mijozlariga kredit kanikullarini taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, aksar banklar tomonidan jismoniy shaxslarga kredit kanikullari avtomatik tarzda (hech qanday arizalarsiz, bir tomonlama) taqdim etila boshlandi.

Telegramdagi Bank va Mijoz kanalining xabar berishicha, bugungi kunda 11 ta bank kredit ta’tillarini 1 oktyabrgacha taqdim qilinishini ma’lum qilishgan.

Bular:

1. Turonbank – batafsil;
2. Davr bank – batafsil;
3. Oriyent Finans bank – batafsil;
4. Aloqabank – batafsil;
5. Qishloq qurilish bank – batafsil;
6. Asaka bank – batafsil;
7. Aziya Alyans bank – batafsil;
8. Infinbank – batafsil;
9. Tengebank – batafsil;
10. Ravnaqbank – batafsil;
11. Trastbank – batafsil.

Qolgan banklarning ayrimlarida o‘tgan oylarda bir tomonlama taqdim etilgan kredit ta’tillari muddati o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa, ayrimlarida bu oydan boshlab tugaydi.

Agar ushbu banklarda tegishli Boshqaruv qarorlari qabul qilinmagan bo‘lsa, avtomatik ravishda muddati o‘tgan kreditlar va ularning foizlari bo‘yicha penya hisoblanishi boshlanadi.

"Karantin tufayli Siz kredit to‘lovlarini to‘lay olmayotgan bo‘lsangiz yuqoridagi postda yozilganidek harakat qilishingiz lozim bo‘ladi, aks holda jarima va penya to‘lashingizga ham to‘g‘ri kelib qolishi mumkin", deyiladi xabarda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi