14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Ikki mamlakat Markaziy banklari kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi.

1 daqiqa o'qish32 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki o‘rtasida kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati.

Markaziy bank: To‘lov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligini ta’minlash talablari belgilandi

Memorandum kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratish va tomonlarning axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan ikki mamlakat Markaziy banklarining o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutadi.

Kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik bank tizimida axborot xavfsizligining tahdidi yuzasidan prognozlarni ishlab chiqish va ogohlantirish strategiyalarining samaradorligini oshirish, kompyuter hujumlarining sabablarini aniqlash, ularga munosabat bildirish va oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi