14-oktabr, chorshanba13:58Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

“COVID markaz” xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi

“COVID markaz” xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi.

1 daqiqa o'qish86 marta o'qildi

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:

👉 vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
👉 o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
👉 kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln so‘m;
👉 boshqa xodimlarga – 500 ming so‘m.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi