# Россия

ITSV Farg‘onada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi ta’qiqlanishi yuzasidan izoh berdi
Farg‘ona viloyatidan pomidorlarning alohida partiyasida pomidor mevasining jigarrang tirishiqi virusi aniqlanganligi sababli cheklovlar joriy etilgan. Shu bilan birga, ToBRFV o‘simliklar virusining yangi shtammi bo‘lgani uchun O‘zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. YeOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas.

Farg‘onada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi ta’qiqlandi
O‘zbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi borligi aniqlangan. Farg‘ona pomidor va qalampirlariga ta’qiq shuning uchun qo‘yilgan.

O‘zbekiston va Rossiya tomonidan qiymati 5,8 milliard dollarga teng 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yig‘ilishining protokoli imzolandi.

Alisher Usmonov O‘zbekistonda rus-tilini o‘qitish darajasini yaxshilashga moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda
2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi.

Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etishi mumkin
Medvedevning ta’kidlashicha, yangi qoidalarga ko‘ra, mehnat migranti ish beruvchi uning ish joyini tasdiqlagan taqdirda Rossiyaga kirishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Ikki mamlakat Markaziy banklari kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi.

Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Rossiya hududidagi vatandoshlarimizdan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmasliklarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlari so‘ralmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishni rejalashtirmoqda
Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘zaro savdo sohasida ijobiy tendensiyalarini mustahkamlash uchun olib borilayotgan faol hamkorlikdagi ishlari yaqin kelajakda savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish imkonini beradi.

O‘zbekiston harbiylari Qizil maydonda chiqish qildi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tantanali paradi Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Shokir Xairov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Bu – bizning umumiy tariximiz, umumiy g‘alabamiz
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. Moskva shahridagi "Vnukovo" aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun kechqurun, 23 iyun kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentining taklifiga ko‘ra 23-24 iyun kunlari Moskva shahrida bo‘ladi. 24 iyun kuni O‘zbekiston davlat rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Rossiyadagi mehnat migrantlari patent olishi 16 iyundan talab etilmoqda
Pandemiya tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi patentlarning amal qilish muddatini 15 iyunga qadar belgilagan edi. 16 iyundan migrantlarning patentsiz yurishi mumkin emas.

Rossiyadagi 202 nafar O‘zbekiston fuqarosiga moliyaviy yordam berildi
Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berilmoqda.

Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam beriladi
Moddiy yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Rossiyaning Selectel bulutli provayderi O‘zbekiston bozoriga chiqadi
O‘zbekiston Selectel bulutli platformasi mahalliylashtirilgan ilk mamlakat bo‘ldi.

O‘zbekiston va Rossiya koronavirus pandemiyasi sharoitida investitsion va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash mexanizmlarini muhokama qildi
O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladigan yangi meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni konsolidatsiya qilish, saqlash, qayta ishlash va taqsimlash maqsadida ulgurji-distribyutorlik markazlarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Koronavirus inqiroziga qarshi kurashishda pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) pandemiyani urushga qiyoslamoqda va uning “urush” davri kamida bir chorakdan ikki chorakgacha davom etishini prognoz qilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa mamlakatlarida koronavirus inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari haqida fikr yuritiladi.

Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq holat haqida gapirdi
Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gaplashdi. Odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari kerak, degan RF Prezidenti.

Rossiyadan yuk tashuvchi teplovozlar keltirildi
Rossiyadan O‘zbekistonga temir yo‘lga oid ilk magistral yuk tashuvchi teplovozlar jo‘natildi

Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
15 fevral kunidan boshlab Toshkent-Omsk yo‘nalishida haftaning seshanba va shanba kunlari avtobus qatnaydi.

O‘zbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni qabul qildi
Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15 yanvar kuni mamlakatimizga keldi.

Shina ishlab chiqaradigan yangi korxonaning 51% aksiyasi “Tatneft” qo‘lida bo‘ladi
Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi hamda “O‘zkimyosanoat” bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” bazasida qo‘shma korxona tashkil qiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Rossiya “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasiga sarmoya kiritdi
Loyiha uzoq vaqt kelishmovchilik tufayli “muzlatib” qo‘yilgan edi. Endi esa amalga oshish imkoniyatiga ega bo‘ldi.