14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15 yanvar kuni mamlakatimizga keldi.

1 daqiqa o'qish937 marta o'qildi
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15 yanvar kuni mamlakatimizga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan. Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi