Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq holat haqida gapirdi
Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gaplashdi. Odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari kerak, degan RF Prezidenti.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskin emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
"Xudoga shukur, hech narsa hozircha bizda keskin emas. Lekin odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari darkor. Men mana shu axborot ishini yo‘lga qo‘yishlaringizni so‘rayman", degan Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda.



