14-oktabr, chorshanba08:54Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Markaziy Osiyo

O‘zbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga jo‘nab ketdi.

1 daqiqa o'qish148 marta o'qildi

3 mart kuni O‘zbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshrig‘iga asosan 2020 yilning 3 mart kuni soat 15:30 da Maxsus bort navbatdagi insonparvarlik yordami bilan koronavirusga qarshi kurashish uchun amaliy ko‘mak berish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga uchib ketdi.

Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga jo‘nab ketdi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasiga ham, birinchi partiyada bo‘lgani kabi – bir martalik steril qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, havoni filtrlash maskalari va boshqa buyumlardan iborat, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kun O‘zbekiston Xitoyga "Il-76" harbiy samolyotida birinchi partiya insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi