14-oktabr, chorshanba08:55Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekiston koronavirus yetib bormagan, jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi

Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi O‘zbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turictik jihatdan jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi.

1 daqiqa o'qish1 499 marta o'qildi

“The Telegraph” nashri O‘zbekistonni koronavirusdan xoli, jozibador mamlakat, deya e’tirof etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi O‘zbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turictik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qo‘shgan.

“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uiler O‘zbekistonni nur va ajib go‘zallik taratib turuvchi mamlakat, deya ta’riflagan.

Ro‘yxatda Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar ham bor.

Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan. Shu bilan birga, bu mamlakatlarda tomosha qilib zavqlanish mumkin bo‘lgan joylar ko‘p.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi