14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Rossiyadagi mehnat migrantlari patent olishi 16 iyundan talab etilmoqda

Pandemiya tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi patentlarning amal qilish muddatini 15 iyunga qadar belgilagan edi. 16 iyundan migrantlarning patentsiz yurishi mumkin emas.

1 daqiqa o'qish108 marta o'qildi

Pandemiya xavfi tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, jumladan, patentlarning amal qilish muddatini 2020 yil 15 iyungacha uzaytirgan edi.

Shu bois bugundan, ya’ni 16 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmatining xabar qilmoqda.

  • Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020 yilning 15 sentyarigacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;
  • Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi