14-oktabr, chorshanba13:10Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Ijtimoiy xodimlarning vazifalari belgilandi

Ijtimoiy xodim ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtiradigan shaxs hisoblanadi.

1 daqiqa o'qish69 marta o'qildi

“Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur yo‘riqnomaga ko‘ra, ijtimoiy xodim ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtiradigan yoki bevosita ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi.

Ijtimoiy xodimning quyidagi lavozimlari mavjud:

  • barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis;
  • oila, bolalar va yoshlar bilan ijtimoiy xizmat olib boruvchi ijtimoiy xodim;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bo‘yicha ijtimoiy xodimning assistenti.

Mazkur hujjat bilan ijtimoiy xodimlarning vazifalari belgilandi.

Jumladan, barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis huquqiy, profilaktik, qo‘llab-quvvatlovchi, reabilitatsion va terapevtik xususiyatga ega psixoijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali shaxslarga og‘ir turmush sharoitidan chiqishga ko‘maklashadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi