Tojikistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi
Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning 8 ta viloyatida ham sezilgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:30 da (16.06.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 01:30 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 37,85 gradus shimoliy kenglik; 72,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 112 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 457 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 457 km, 2 ball.
- Namangan: 353 km, 3 ball.
- Andijon: 326 km, 3 ball.
- Farg‘ona: 284 km, 3 ball.
- Guliston: 414 km, 3 ball.
- Jizzax: 452 km, 2 ball.
- Samarqand: 495 km, 2 ball.
- Buxoro: 705 km, 2 ball.
- Termiz: 438 km, 2 ball.
- Qarshi: 568 km, 2 ball.
- Navoiy: 638 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.



