14-oktabr, chorshanba14:06Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million dollar kredit oladi

Ushbu mablag‘ O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun sarflanadi.

1 daqiqa o'qish264 marta o'qildi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun 100 million dollar kredit oladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

13 iyul kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov videokonferensaloqa orqali Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masatsugu Asakava bilan muzokaralar o‘tkazdi. OTB Prezidenti O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun 100 mln dollar miqdorida yangi kreditni ma’qullash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganigini ma’lum qildi.

Kredit joriy yilning avgust oyi boshida ma’qullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish uchun birgalikda moliyalashtirish asosida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining 100 mln dollarlik mablag‘lari jalb etilishi ma’lum qilindi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi