14-oktabr, chorshanba10:41Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Navoiyda servisni rivojlantirishga 30 mlrd so‘m ajratilmoqda

Ushbu kredit liniyasi olti oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasi darajasida 3 yil muddatga beriladi.

1 daqiqa o'qish43 marta o'qildi

Prezidentning 2020 yil 16 iyundagi "Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida Navoiy viloyatiga 30 mlrd. so‘m ajratilmoqda.

O‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi

Ushbu kredit liniyasi olti oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasi darajasida 3 yil muddatga beriladi. Mazkur kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur ma’lumotlar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi, tijorat banklari va Savdo- sanoat palatasi rahbarlarining Navoiy viloyatida xizmatlar sohasida jadal o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish masalalarini birgalikda o‘rganib chiqish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlari davomida bayon etildi.

Ta’kidlash joizki, shu kunlarda tijorat banklari vakillari joylarda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari bilan uchrashib, kredit liniyasi maqsadini tushuntirgan holda xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalar paketini shakllantirmoqda.

Qaror ijrosi doirasida respublikamizning boshqa hududlarida ham kreditlarni xizmat ko‘rsatish sohasidagi istiqbolli loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha ishchi guruhlar faol ish olib bormoqda. Ushbu sohaga jami 1 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi