14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

1 iyuldan Ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi oshadi

Uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.

1 daqiqa o'qish2 024 marta o'qildi

"Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Prezident farmonida “O‘zshahar qurilish invest” IKga 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizatsiya qilishda 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish belgilangan edi. Ushbu muddat o‘z yakuniga yetmoqda.

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qo‘yilmoqda?

Uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati "O‘zshahar qurilish invest" IK ga to‘lab berilmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu talab uy-joylarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi