# Ipoteka krediti

Kam ta’minlanganlar, ehtiyojmand oilalar uchun uy-joy olish tartiblari haqida bilasizmi?
Kam ta’minlanganlar, ehtiyojmand oilalar uy-joy olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi
Prezident qarori bilan So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

Markaziy bank: Ikkilamchi bozordan uy sotib olish yoki uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka krediti beriladi
Markaziy bank Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bilan hamkorlikda Nizom ishlab chiqdi. Nizomda Ipoteka kreditini rasmiylashtirishning barcha bosqichlari, ya’ni bank tomonidan mijozga kerakli maslahatlar berishdan tortib, kreditning yopilishigacha bo‘lgan jarayon batafsil aks ettirilgan.

1 iyuldan Ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi oshadi
Uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.

“Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risida”gi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Nizomda ipoteka krediti yo‘nalishlari, rasmiylashtirish bosqichlari, qarz oluvchining to‘lovga layoqatliligi tahlili hamda ipoteka kreditlarini ajratish bilan bog‘liq tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha yo‘nalishlar keltirilgan.

Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni ma’lum qildi
Prezidentning 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-sonli qarorida belgilanganidek, qishloq hududida kreditga 2 xonali kvartirani 174 mln. so‘mga yoki Toshkent shahridan 2 xonali kvartirani 198 mln. so‘mga sotib olganda, 20 yilda ushbu summani foizi bilan oyma-oy to‘laganda qanchani tashkil etishi haqida Markaziy bank ma’lumot berdi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya bir oilaga nechi marotaba beriladi?
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, boshlang‘ich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun qaysi banklarga murojaat qilish lozim?
Birlamchi bozordagi ko‘p kvartirali uylardan xonadon sotib olish istagida bo‘lgan fuqarolar yangi tartibga ko‘ra ipoteka kreditlari olish uchun 14 ta tijorat banklariga murojaat qilishlari mumkin.

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qo‘yilmoqda?
Aholiga ipoteka krediti berishning yangi tartibida ipoteka krediti oluvchilar va kreditlovchi banklarga talablar qo‘yildi. Ipoteka kreditini olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining banklardan olingan avvalgi qarzlari vaqtida to‘langanligi ham ahamiyatga olinadi.

Aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi
“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.