14-oktabr, chorshanba08:57Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Buxoroda suv ta’minotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablag‘ ajratiladi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz suv ta’minotini yaxshilash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish uchun beriladi.

1 daqiqa o'qish37 marta o'qildi

uxoroda suv ta’minotini yaxshilashga OIIB tomonidan mablag‘ ajratiladi

"Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida "Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan "Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz berilishi ma’qullangan.

Loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

  • OIIB qarzi – 385,12 mln;
  • O‘zbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023 yillar) tashkil etadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi