14-oktabr, chorshanba08:53Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Jahon banki O‘zbekistonga 30 yil muddatga 95 mln dollar kredit ajratdi

Mablag‘ kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

1 daqiqa o'qish78 marta o'qildi

Jahon banki O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratadi. Mablag‘ tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Kredit "O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish" loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Sal oldin Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qilgan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi