# UzAuto Motors

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Kelishuv doirasida olingan mablag‘lar UzAuto Motors ga GEM plaftormasida General Motors ning yangi modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

«UzAuto Motors» byudjetga 582,6 mlrd so‘m yig‘im to‘lamagani aniqlandi
1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi qayd etilgan.

UzAuto Motors: Qozog‘iston bozorida Chevrolet avtomobillari Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabi brend avtomobillardan o‘zib ketdi
O‘tgan oyda Qozog‘istonda jami 8 637 dona yengil avtomobil sotilgan bo‘lib, ularning 2 430 tasi UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan.

“UzAuto Motors” avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qildi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi, deb xabar qildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgan
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

UzAuto Motors Belarusga avtomobil eksportini boshladi
Chevrolet brendi ostida Belarus avtomobil bozorida namoyish etilgan birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ldi.

UzAuto Motors avtomobillarga chegirma e’lon qildi
UzAuto Motors kompaniyasi Malibu va Tracker avtomobillari uchun chegirma taklif qilmoqda.

UzAuto Motors yana bir yangi aksiyani yo‘lga qo‘ydi
UzAuto Motors kompaniyasi Tracker va Malibu avtomobillarini uydan chiqmasdan foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilishni taklif qilmoqda.

UzAuto Motors: O‘zbekistonda ilk bor avtokreditni onlayn tarzda uydan turib rasmiylashtiring
Kredit stavkasi dastlabki badal puliga bog‘liq. Boshlang‘ich badalni ko‘proq to‘laganlar, kredit bo‘yicha foiz stavkasini kamroq to‘laydi.

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mita: UzAuto Motors monopol mavqeini suiiste’mol qilgan holda korxona tomonidan iste’molchi huquqlarini kamsitgan
Eksportga yo‘naltiriladigan Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexia), Ravon R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida chegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa ichki narxlar bilan 20-50 foizgacha tafovut qilmoqda. Solishtirish uchun, «AvtoVAZ» AJ (Rossiya) mahsulotlarining ichki bozordagi narxlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi narxlaridan 30-40 foizga arzon.

UzAuto Motors avtomobillar narxlari nima uchun ko‘tarilganligiga izoh berdi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar narxlarining ko‘tarilishini O‘zbekistonda soliqlarning ko‘tarilishi bilan izohladi. Shuningdek, 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko‘rsatkich 4,2 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda, deyilgan xabarda.

UzAuto Motors mashina narxlarini ko‘tardi
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar narxi o‘rtacha 15-20 foizga oshdi.

Bayramga aksiya boshlagan UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha to‘xtatdi
UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar tarqatdi. Qachondan yana mashinalar sotuvi yo‘lga qo‘yilishi kompaniya tomonidan e’lon qilinadi.

«UzAuto Motors» ayollar uchun aksiya e’lon qildi
Ushbu aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirish istagida bo‘lgan barcha ayollar ishtirok etishi mumkin. Aksiya 2 martdan boshlanadi.

UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksportga chiqarishni boshlaydi
2020 yilning mart oyidan boshlab Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt eksportga chiqariladi.

“Nexia 3” avtomobili o‘tgan yilning eng xaridorgir modeli bo‘ldi
UzAuto Motors keyingi yillarda o‘zining samarali islohotlari bilan xaridorlar e’tiborini qozondi, deb xabar berdi O‘zA.

UzAuto Motors kompaniyasi Onix avtomobilini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda
2019 yilning 26 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rekord natija qayd etdi.

UzAuto Motors avtomobillarni berish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi
UzAuto Motors AJ 2019 yilning 23 dan 25 dekabrigacha yangi avtomobillarni xaridorlarga berishni vaqtinchalik to‘xtatadi.

UzAuto Motors avtomobillar uchun yangi ranglar palitrasini taqdim etdi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo‘llay boshlaganini ma’lum qiladi. Yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan bo‘lib, ularga shartnoma tuzish hozirdan boshlangan.

GMning Tailanddagi zavodi O‘zbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarini yubordi
GM Thailand kompaniyasi O‘zbekistonga Chevrolet Trailblaze avtomobillarini birinchi partiyasini yubordi. Ushbu “yo‘ltanlamas”lar yaqin oylarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.