14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgan

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

1 daqiqa o'qish321 marta o'qildi

O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Uzauto Motors kompaniyasida «Raqobat to‘g‘risida"gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mita: UzAuto Motors monopol mavqeini suiiste’mol qilgan holda korxona tomonidan iste’molchi huquqlarini kamsitgan

Tekshiruv jarayonida, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi o‘rganildi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat tomonidan «Raqobat to‘g‘risida» qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, Uzauto Motors kompaniyasiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi qarori qabul qilinganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi