14-oktabr, chorshanba10:42Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

1 daqiqa o'qish159 marta o'qildi

Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan "Saxovat va ko‘mak" fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi.

Buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 150 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

Ushbu mablag‘ hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 10 mlrd;
Andijon viloyati - 10 mlrd;
Buxoro viloyati - 10 mlrd;
Jizzax viloyati - 5 mlrd;
Qashqadaryo viloyati - 20 mlrd;
Navoiy viloyati - 5 mlrd;
Namangan viloyati - 10 mlrd;
Samarqand viloyati - 10 mlrd;
Surxondaryo viloyati - 10 mlrd;
Sirdaryo viloyati - 5 mlrd;
Toshkent viloyati - 10 mlrd;
Farg‘ona viloyati - 10 mlrd;
Xorazm viloyati - 10 mlrd;
Toshkent shahri - 25 mlrd.

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi