Bayramga aksiya boshlagan UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha to‘xtatdi
UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar tarqatdi. Qachondan yana mashinalar sotuvi yo‘lga qo‘yilishi kompaniya tomonidan e’lon qilinadi.

UzAuto Motors kompaniyasi inventarizatsiya amalga oshirilishi munosabati bilan avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.
"Kompaniya inventarizatsiya tugagani haqida rasmiy sahifalari orqali xabardor qiladi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors AJ Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan aksiya boshlangani haqida e’lon qilgan edi.



