14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Misrning farmatsevtik kompaniyasi O‘zbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi

Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qariyb 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi.

1 daqiqa o'qish137 marta o'qildi

4 mart kuni Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov va Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi rahbari Umar Abd al-Alim o‘rtasida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida maxsus loyihani amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Loyiha uch bosqichda, 80 ming kvadrat metr maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga qariyb 20 mln. dollar investitsiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

4 mart kuni Misr farmatsevtika kompaniyasi vakili bilan O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi