14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

UzAuto Motors: O‘zbekistonda ilk bor avtokreditni onlayn tarzda uydan turib rasmiylashtiring

Kredit stavkasi dastlabki badal puliga bog‘liq. Boshlang‘ich badalni ko‘proq to‘laganlar, kredit bo‘yicha foiz stavkasini kamroq to‘laydi.

1 daqiqa o'qish832 marta o'qildi

UzAuto Motors kompaniyasi Infinbank bilan hamkorlikda xaridorlarga avtokreditni onlayn rejimda rasmiylashtirishni taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.

"Kredit stavkasi dastlabki badal puliga bog‘liq bo‘lib, boshlang‘ich pulingiz qancha ko‘p bo‘lsa, kredit bo‘yicha foiz stavkangiz shuncha kam bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Kreditlar Spark, Nexia, Lacetti, Tracker, Malibu, shuningdek, Trailblazer avtomobillarini xarid qilish uchun taqdim etilmoqda.

«O‘zavtosanoat-Lizing» yangi aksiyani e’lon qildi

35% boshlang‘ich to‘lov amalga oshirgan taqdiringizda foiz stavkasi quyidagi avtomobillar uchun 23,9% tashkil qiladi:

  • Spark 3 pozitsiya AT — muddati 24 oy
  • Nexia 3 pozitsiya AT— muddati 24 oy
  • Lacetti 1 pozitsiya — muddati 30 oy
  • Lacetti 1 pozitsiya s GBO — muddati 30 oy
  • Trailblazer — muddati 36 oy
  • Tracker MT/AT va Malibu 1,5 avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov 25%, kredit muddati 36 oy.

50 foizgacha boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan taqdirda quyidagi avtomobillar uchun foiz stavkasi yillik 18% tashkil qiladi, kreditlash muddati 24 oy:

  • Spark 3 pozitsiya AT — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Nexia 3 pozitsiya AT— boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Lacetti 1 pozitsiya — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Lacetti 1 pozitsiya s GBO — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Trailblazer — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Tracker MT/AT va Malibu avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov 40% tashkil qiladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi