14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

«AsiaMoney» jurnali O‘zbekistonning eng yaxshi bankini aniqladi

AsiaMoney» jurnali tomonidan o‘tkazilgan «2020 yilning eng yaxshi banki» tanlovida banklarning so‘nggi 12 oydagi faoliyati tahlil qilingan.

1 daqiqa o'qish114 marta o'qildi

«AsiaMoney» jurnali tomonidan o‘tkazilgan «2020 yilning eng yaxshi banki» (Best bank awards 2020) tanlovida “O‘zsanoatqurilishbank” “Eng yaxshi mahalliy bank” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Nashr ekspertlari bankni mamlakatdagi eng yirik kredit muassasa sifatida qayd etib, so‘nggi 12 oydagi faoliyatini tahlil qilgan. Aktivlarning 1 fevral holatiga ko‘ra, 15,4 foizga o‘sib, 35,4 trillion so‘mni tashkil qilganini qayd etadi.

«O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Ammo, “O‘zsanoatqurilishbank” kabi kredit tashkilotlari ko‘magi bilan ushbu jarayonlar yanada jadallashishi shubhasiz», deyiladi «AsiaMoney» xabarida.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi