14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistonda benzindan keyin dizel yoqilg‘isi narxida ham "qulash" kuzatildi

3 apreldan boshlab dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. “O‘zbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etishini bildirmoqda.

1 daqiqa o'qish280 marta o'qildi

2020 yilning 1 mart kunidan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida dizel yonilg‘isining narxi 200 so‘mga kamaytirilgan edi.

O‘zbekistonda benzin narxi tushdi

"3 aprel kunidan e’tiboran, dizelyonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. Guvohi bo‘layotganingizdek, dizel yonilg‘isining narxi bir oy vaqt davomida 500 so‘mga pasaydi", deyiladi "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabarida.

“O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg‘isi narxidan 11,5% arzonligi ta’kidlanmoqda.

"Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot tannarxini muntazam o‘rganamiz va tahlil qilamiz", deydi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” direktori Mirzohid Musayev.

O‘zbekiston tarixida ilk marta “Yevro – 4” va “Yevro – 5” dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarildi

“O‘zbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etishini bildirgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi