14-oktabr, chorshanba08:55Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

UzAuto Motors yana bir yangi aksiyani yo‘lga qo‘ydi

UzAuto Motors kompaniyasi Tracker va Malibu avtomobillarini uydan chiqmasdan foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilishni taklif qilmoqda.

1 daqiqa o'qish811 marta o'qildi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu 1,5 hamda Tracker AT avtomobillarini muddatli to‘lov shartlari asosida uydan chiqmasdan onlayn rejimda xarid qilishni taklif qilmoqda.

UzAuto Motors: O‘zbekistonda ilk bor avtokreditni onlayn tarzda uydan turib rasmiylashtiring

"Agar Sizda ushbu avtomobillarning 60 foiz summasini to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lsa, uning qolgan summasini 1,5 yil davomida foizsiz shartlarda bo‘lib to‘lash imkoni bor.

Buning uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilish kifoya, ular sizga ushbu avtomobillarni uydan chiqmasdan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi", deyiladi xabarda.

Kompaniya to‘lov amalga oshirilganidan so‘ngavtomobilni dilerlar tomonidan xaridorning uyigacha yetkazishni ta’minlamoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi