14-oktabr, chorshanba10:39Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

«UzAuto Motors» ayollar uchun aksiya e’lon qildi

Ushbu aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirish istagida bo‘lgan barcha ayollar ishtirok etishi mumkin. Aksiya 2 martdan boshlanadi.

1 daqiqa o'qish690 marta o'qildi

«UzAuto Motors» AJ Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan aksiya boshlangani haqida e’lon qildi.

2 dan 8 martgacha davom etadigan mazkur aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirishni istagan barcha ayollar ishtirok etishlari mumkin.

Kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida bizning mutaxassislarimiz sizning avtomobilingizni barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshiradilar va keyingi foydalanish bo‘yicha maslahat beradilar. Butun hafta davomida, shuningdek, avtomobilingizni yuvish, g‘ildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va g‘ildiraklarni moslashtirish (razval sxojdeniye) kabi bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Ushbu aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan ayollar uchun 2 martga qadar kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘lish sharti qo‘yildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi