14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

UzAuto Motors: Qozog‘iston bozorida Chevrolet avtomobillari Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabi brend avtomobillardan o‘zib ketdi

O‘tgan oyda Qozog‘istonda jami 8 637 dona yengil avtomobil sotilgan bo‘lib, ularning 2 430 tasi UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan.

1 daqiqa o'qish989 marta o'qildi

Qozog‘istonda oktyabrda sotilgan deyarli har uchta yangi avtomobilning biri UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan, deb xabar bermoqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

“O‘tgan oyda Chevrolet oktyabrda eng ko‘p sotilgan brendlar ichida birinchi o‘rinni egallagandi, shuningdek, UzAuto Motorsning ikki modeli – Nexia va Cobalt oyning eng ko‘p sotilgan modellari reytingida ikkita eng yuqori o‘rinni egalladi.

Qozog‘iston bozorida Chevrolet avtomobillari Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabi brend avtomobillardan o‘zib ketib, eng muvaffaqiyatli brendlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi”, deyiladi xabarda.

Joriy yil yanvar oyida mahalliy avtoishlab chiqaruvchining bozordagi ulushi 12,5%ni tashkil qilgan bo‘lsa, oktyabrda bu ko‘rsatkich 28,1%ga yetdi.

O‘tgan oyda Qozog‘istonda jami 8 637 dona yengil avtomobil sotilgan bo‘lib, ularning 2 430 tasi UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi