Barcha yangiliklar

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun ta’sir ko‘rsatmaydi
16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi
SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni to‘rt nafarga yetgan. Ularning ikki nafari sayohatdan kelgan o‘zbekistonlik ayolning farzandi.

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlar va yolg‘on xabarlar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi
Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlarga, shuningdek, yolg‘on va tekshirilmagan xabar tarqatganlarlarga ham chora ko‘radi.

Navro‘z bayrami va ommaviy tadbirlar o‘tkazish bekor qilindi
Bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Navro‘z bayrami tantanalarini o‘tkazish va odamlar to‘planadigan tadbirlarni o‘tkazish bekor qilindi.

O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalariga vaqtidan oldin ta’til beriladi
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi
15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. U Fransiyada bo‘lib qaytgan.

Dunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yo‘qotdi
Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrilgan. Bunday holat sakkiz yil davomida ilk marta kuzatilgan.

Uzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi
Aviakompaniya koronavirus tufayli yana bir qancha davlatlarga qatnovni bekor qildi. Reyslari bekor qilingan yo‘lovchilarga chiptani qaytarish qo‘shimcha to‘lovlarsiz va jarimalarsiz amalga oshiriladi.

Dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ochiladi
15-25 mart kunlari dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ish boshlaydi. Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan mahsulotlar savdoga chiqariladi.

1995 yilga qadar O‘zbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
Chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar o‘z istaklari bilan O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin.

Navro‘zda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurishni muhokama qildi
Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini o‘rganib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustda imzolangan Qo‘shma bayonotida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistondagi 500 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
Jahon banki O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish uchun 239 mln. dollar ajratadi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida O‘zbekistonning uchta hududidagi aholisi yanada sifatli suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana olishi kutilmoqda.

Avtomobillar narxi oshirilgani Prezidentga yetib bordi
Shavkat Mirziyoyev mashinalar narxining oshirilishi odamlarning noroziligiga sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga yordam ko‘rsatish uchun 40 million yevro ajratdi
YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays mazkur byudjet yordami Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mamlakat hukumatiga sektorni modernizatsiya qilish va islohotlarni tezlashtirishga yordam berishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda “Yil odami” deb e’tirof etildi
Ozarbayjonning “Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnali Tahrir hay’ati a’zolarining yakdil qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda “Yil odami” deb e’tirof etildi.

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mita: UzAuto Motors monopol mavqeini suiiste’mol qilgan holda korxona tomonidan iste’molchi huquqlarini kamsitgan
Eksportga yo‘naltiriladigan Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexia), Ravon R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida chegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa ichki narxlar bilan 20-50 foizgacha tafovut qilmoqda. Solishtirish uchun, «AvtoVAZ» AJ (Rossiya) mahsulotlarining ichki bozordagi narxlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi narxlaridan 30-40 foizga arzon.

O‘zbekiston “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pog‘ona yuqoriladi
“Qonun ustuvorligi” indeksi bo‘yicha navbatdagi 2020 uchun hisobotida O‘zbekiston Respublikasi umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-o‘rinni egalladi.

Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxirasi miqdorini ma’lum qildi
Markaziy bank tomonidan O‘zbekistonning xalqaro zaxirasi miqdori ochiqlandi. Xalqaro zaxiralarning tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi
Butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik koronavirusning tarqalishi sababli JSST pandemiya e’lon qildi.

Qurol ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi belgilandi
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.

14-15 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkaziladi.

UzAuto Motors avtomobillar narxlari nima uchun ko‘tarilganligiga izoh berdi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar narxlarining ko‘tarilishini O‘zbekistonda soliqlarning ko‘tarilishi bilan izohladi. Shuningdek, 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko‘rsatkich 4,2 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda, deyilgan xabarda.

O‘zbekistondagi 6 ta bank online-kredit berishni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekistondagi 6 ta bank mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarz berishni yo‘lga qo‘ygan. Bu kreditni olish uchun bankga hech qanday hujjat topshirilmaydi.