14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Avtomobillar narxi oshirilgani Prezidentga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev mashinalar narxining oshirilishi odamlarning noroziligiga sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

1 daqiqa o'qish398 marta o'qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

“Mana ko‘ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak”, dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari bozor iqtisodiyotiga o‘tish og‘irligi, lekin mamlakatimiz shu yo‘ldan borishini ta’kidladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi