14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Navro‘zda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.

1 daqiqa o'qish413 marta o'qildi

Vazirlar Mahkamasi 13 martdagi yig‘ilishda O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator tadbirlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Xususan, Navro‘z bayrami arafasida Toshkentda o‘tadigan Navro‘z marafoni, Xivada 31 mart -1 aprel kunlari tashkil etiladigan “2020 yilda Xiva shahri turkiy dunyo madaniyati poytaxti” yilining rasmiy ochilish marosimi hamda “Buxoro shahri — Islom olami madaniyati poytaxti”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan 14−16 aprel kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar bekor qilindi.

O‘z navbatida, asosiy bayram tadbirlari va xalq sayllari o‘tkaziladigan joylarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik choralar ko‘riladi, tibbiy nazorat kuchaytiriladi.

Navro‘z bayramini o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi

Joylarda ko‘chma savdo do‘konlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, kitob rastalari, bahoriy taom sotiladigan ochiq oshxonalar tashkil etiladi, milliy chorpoyalar, so‘rilar va xontaxtalar joylashtiriladi.

Bog‘larda, ochiq maydonlarda dorbozlar, polvonlar, masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlarning tomoshalari, qushlar ko‘rgazmasi, varrak uchirish, arqon tortish, arg‘imchoq uchish kabi xalq o‘yinlari musobaqalari tashkil etiladi.

Sayl davomida mamlakatda istiqomat qiladigan turli millat vakillarining badiiy chiqishlari, folklor-etnografik guruhlarning konsertlari ham o‘tkaziladi.

Yig‘ilishda joriy yilning 14−15 mart kunlari “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini uyushqoqlik bilan tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi