14-oktabr, chorshanba13:12Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

1995 yilga qadar O‘zbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi

Chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar o‘z istaklari bilan O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin.

1 daqiqa o'qish210 marta o'qildi

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, 1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Jumladan, Komissiya O‘zbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning rasman O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish imkoniyati tug‘ilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi