# qonun

“Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida genomga oid axborotga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat hisoblanadi.

Tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilindi
Qator qonun hujjatlari talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi. Endi tadbirkorlarni tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi
Prezident tomonidan yangi tahrirdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Senat tomonidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi (yangi tahrirda)
Qonunning qabul qilinishi ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvatlash va ularning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishni mustahkamlaydi.

Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi
Aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF–5177-son Farmoniga jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablag‘larni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Propiska to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Davlat tashkilotida 5 yil ishlaganlar nafaqat o‘zlari balki oila a’zolarini ham Toshkent shahriga doimiy propiskaga qo‘yishi mumkin. Bu haqdagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

O‘zbekistonda rasmiy nishonlanadigan bayramlar soni bittaga ko‘paydi
10 aprel kuni Prezident tomonidan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” Qonun imzolandi. O‘zbekistonliklar uchun rasmiy dam olish bayrami yana bir kunga ko‘paydi.

Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi
Jismoniy shaxslarga 50 mln. so‘mdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz beriladi.

1995 yilga qadar O‘zbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
Chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar o‘z istaklari bilan O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin.

May oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kiradi
Qonunda maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisiga yer ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish Prezident qaroriga binoan amalga oshiriladi.

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonun bilan tayanch tushunchalar joriy etildi, asosiy prinsiplar belgilandi.
Eng kam ish haqi qonunlardan chiqarildi
Bunga javobni 50 dan ortiq qonun hujjatlariga, shu jumladan 12 ta kodeksga kiritilgan tuzatishlardan topish mumkin (3.12.2019 yildagi O‘RQ-586-son Qonunga qarang).