14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilindi

Qator qonun hujjatlari talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi. Endi tadbirkorlarni tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

1 daqiqa o'qish258 marta o'qildi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan 10 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi.

Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilib, tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilinib, tekshirish talabi Soliq kodeksiga moslashtirildi.

Endi tadbirkorlarni tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

Bundan buyon soliqlarning kameral tekshiruvidan boshqa barcha tekshirishlar elektron tizimda ro‘yxatga olinadi.

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmasdan o‘tkazilgan tekshiruvlar qonunga xilofdir.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi